Bugun, 18-mart kuni O‘zbekiston nomidan birodar Afg‘oniston xalqini qo‘llab-quvvatlash maqsadida insonparvarlik yordami yetkazildi. Bu tashabbus Ramazon hayiti munosabati bilan amalga oshirildi va ikki mamlakat o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik hamda do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratildi.
Umumiy og‘irligi 290 tonnadan ortiq bo‘lgan insonparvarlik yuki un, guruch, bug‘doy, o‘simlik yog‘i, tez tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari, makaron, qandolat va boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat bo‘ldi. Yukni rasman topshirish marosimi Hayraton shahrida bo‘lib o‘tdi.
Marosimda Balx viloyati gubernatori o‘rinbosari Mavlaviy Abu Idris, Tashqi ishlar vazirligi Balx viloyati bo‘linmasi rahbarligi va Hayraton shahar hokimligi vakillari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga afg‘on xalqini doimiy qo‘llab-quvvatlab kelgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, O‘zbekistonning Afg‘onistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oybek Usmanov hamda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tadbirda ishtirok etdi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
O‘zbekiston
» Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston insonparvarlik yordami bilan afg‘on xalqini qo‘llab-quvvatladi
So’nggi yangiliklar
Ramazon hayiti kuni ob-havo syurpriz qiladi: ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
Bugun, 11:59
O'zbekiston hayit namozi vaqtlarini e'lon qildi
Bugun, 11:59
Zuhra Soliyeva: “Farzandli bo‘lish uchun 4 yil kurashdim” (video)
Bugun, 11:00
