in

PSJ "Chelsi"ni yirik hisobda mag‘lub etdi va chorakfinalga chiqdi

Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 final javob bahsida Londonda “Chelsi” va “PSJ” o‘rtasidagi to‘qnashuv katta qiziqish bilan kuzatildi. Ilk daqiqalardanoq ustunlikni qo‘lga olgan parijliklar raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va ishonchli g‘alabani rasmiylashtirdi.

Uchrashuvning 6-daqiqasida Xvicha Kvaratsxeliya hisobni ochib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmay, 14-daqiqada Barkolya farqni ikki baravarga oshirdi. Ikkinchi bo‘limda ham “PSJ” ustunlikni saqlab qoldi va 62-daqiqada Mayulu uchinchi golni kiritib, bahs taqdirini to‘liq hal qildi.

Natijada parijliklar 3:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishib, chorakfinalga yo‘l oldi. Bu o‘yinda “PSJ”ning hujum chizig‘idagi samaradorligi va jamoaviy o‘yini yuqori darajada namoyon bo‘ldi.

ECHL. 1/8 final.

“Chelsi” – “PSJ” 0:3 (umumiy hisob 2:8)

Gollar

: Xvaratsxeliya 6, Barkolya 14, Mayulu 62

Chelsi

– Sanches, Chaloba, Sarr, Hato, Kukurelya, Kaysedo, Andrey Santos, Palmer (Garnacho, 59), Enso Fernandes (Lavia, 60), Net-u, Joao Pedro (Delap, 59).

PSJ

: Safonov — Xakimi, Markinos, Pacho, Mendesh (Ernandes, 66) — Zair-Emeri, Vitinya, Nevesh (Mayulyu, 46) — Barkolya (Due, 59), Dembele (Ramush, 66), Kvaratsxeliya (Li, 73)

Shu tariqa, Fransiya grandi navbatdagi bosqichga ishonch bilan yo‘l oldi va chempionlik uchun kurashni davom ettiradi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» PSJ “Chelsi”ni yirik hisobda mag‘lub etdi va chorakfinalga chiqdi

So’nggi yangiliklar

Yorqinxoja Umarov yangi qo‘shig‘i bilan otalarning qalbini larzaga keltirdi

Bugun, 11:34

19 mart uchun dollar kursi oshishi prognoz qilinmoqda

Bugun, 11:08

18 mart oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi

Bugun, 10:31