in

"Arsenal" "Bayer"ni ishonchli hisobda mag‘lub etib chorakfinalga chiqdi

Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 final javob bahsida Londonning “Arsenal” jamoasi o‘z maydonida Germaniyaning “Bayer” klubini qabul qildi. Ilk uchrashuvda qayd etilgan 1:1 hisobidan keyin bu o‘yin hal qiluvchi ahamiyat kasb etardi va “to‘pchilar” o‘z muxlislari oldida ishonchli o‘yin namoyish etdi.

Uchrashuv davomida mezbonlar ustunlikni qo‘lga oldi va 36-daqiqada Eze hisobni ochdi. Birinchi bo‘limdayoq “Arsenal” raqibga bosim o‘tkazib, o‘yinni nazorat qilishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda esa jamoa ustunligini yanada mustahkamladi — 63-daqiqada Deklan Rays hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

ECHL. 1/8 final.

Arsenal – Bayer 2:0 (ilk o‘yin: 1:1)

Gollar

: Eze 36, Rays 63

Arsenal

– Rayya, Timber, Saliba, Gabriel, Inapkiye, Rays, Subimendi, Eze (Xavers, 69), Saka, Trossar (Martinelli, 69), Gyokeresh.

Bayer

– Blahich, Kuansa, Andrix, Terriyer (Tillman, 60), Tapsoba, Pok-u, Grimaldo, Garsiya, Palasios (Shik, 70), Maza, Kofane.

Shu tariqa, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra ustunlikni qo‘lga kiritgan “Arsenal” chorakfinalga yo‘llanma oldi va Chempionlar ligasidagi yurishini davom ettirish imkoniga ega bo‘ldi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» “Arsenal” “Bayer”ni ishonchli hisobda mag‘lub etib chorakfinalga chiqdi

So’nggi yangiliklar

Shahzoda Muhammedova “Sohibjamol va Mahluq” multfilmidagi Bell rolida muxlislarni lol qoldirdi

Bugun, 12:05

Abduqodir Husanov "Real Madrid"ga qarshi porladi

Bugun, 11:51

Aktrisa Jamila G'ofurovaga qaysi filmidagi roli uchun avtomobil sovg'a qilingan?

Bugun, 11:48