Afrika futbol konfederatsiyasi tomonidan keskin qaror qabul qilinib, Senegal milliy terma jamoasi qit’a chempionilik unvonidan mahrum etildi. Bu voqea futbol jamoatchiligida katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Ma’lum qilinishicha, ikki oy avval Afrika Millatlar kubogi finalida Marokash ustidan g‘alaba qozongan Senegal termasi norozilik belgisi sifatida maydonni tark etgani uchun jazoga tortildi. Shu holat musobaqa reglamentiga zid deb topilib, jamoaga texnik mag‘lubiyat yozildi.
Afrika futbol konfederatsiyasining apellyatsiya kengashi qaroriga muvofiq, AFCON reglamentining 84-moddasi asosida Senegal final uchrashuvini yutqazgan deb e’lon qilindi. Natijada, Marokash terma jamoasiga 3:0 hisobida texnik g‘alaba yozildi va ular rasman qit’a chempioni sifatida tan olindi.
Eslatib o‘tish joiz, o‘sha final bahsida Senegal futbolchilari norozilik sifatida maydonni tark etgan bo‘lsa-da, jamoa yetakchisi Sadio Mane sheriklarini o‘yinga qaytishga chaqirgan edi. Uchrashuv davomida qo‘shimcha vaqtning 4-daqiqasida Pap Geye hisobni ochib, yakunda aynan shu gol Senegalga g‘alaba keltirgandi.
Biroq qabul qilingan qaror natijani butunlay o‘zgartirdi va chempionlik Marokashga topshirildi. Bu holat futbolda intizom va qoidalarga rioya qilish naqadar muhim ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Senegal chempionlikdan mahrum etildi! Marokash – yangi Afrika chempioni!
So’nggi yangiliklar
Ukraina Yaqin Sharq mamlakatlariga 201 nafar harbiy ekspertlarni yubordi
Bugun, 12:10
Shahzoda Muhammedova “Sohibjamol va Mahluq” multfilmidagi Bell rolida muxlislarni lol qoldirdi
Bugun, 12:05
Abduqodir Husanov "Real Madrid"ga qarshi porladi
Bugun, 11:51
