O‘zbekiston Fanlar akademiyasi olimlari havoni va suvni samarali tozalovchi yangi avlod materialni yaratdi. Tadqiqotchilar nanosellyuloza asosidagi gibrid aerogelni ixtiro qilishdi, u ekologik jihatdan xavfsiz va tabiiy muhitga zarar yetkazmaydi.
Mazkur materialning g‘ovakli strukturasida zaharli moddalar tez singdirilib, havodagi zararli gazlar va suvdagi og‘ir metallarni samarali ushlab qoladi. Shu bois uni ekologik filtrlash tizimlarida va sanoatda qo‘llash mumkin.
“Yangi ixtiro nafaqat havodagi toksik gazlarni filtrlashda, balki suvni og‘ir metallardan tozalashda ham juda samarali. Bundan tashqari, u qurilishda ham keng foydalanilishi mumkin: uylarni issiq va sovuqdan izolyatsiya qiladi, shovqinni kamaytiradi va engil bo‘lishiga qaramay, mustahkamligini saqlaydi,” — deyiladi Fanlar akademiyasining rasmiy xabarida.
Olimlar ta’kidlashicha, ushbu innovatsiya ekologik texnologiyalarni rivojlantirishda yangi davrni boshlab beradi va sanoat hamda uy-joy qurilishida keng qo‘llanilishi mumkin.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Texno
» O‘zbekiston olimlari havoni va suvni filtrlovchi engil material yaratdi
So’nggi yangiliklar
Yorqinxoja Umarov yangi qo‘shig‘i bilan otalarning qalbini larzaga keltirdi
Bugun, 11:34
OpenAI GPT-5.4 mini va nano-ni taqdim etdi
Bugun, 11:32
19 mart uchun dollar kursi oshishi prognoz qilinmoqda
Bugun, 11:08
