“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng ko‘lamli tezkor-profilaktika oyligi doirasida Nurafshon shahar ichki ishlar bo‘limi xodimlari giyohvandlik bilan bog‘liq qo‘lga olish operatsiyasini amalga oshirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Nurafshon shahrida jamoat transporti haydovchisi sifatida faoliyat yuritayotgan shaxs Bobur ko‘chasida boshqaruvidagi xizmat avtobusi ichida shartli xaridorga 2 dona polietilen o‘ramdagi gashish giyohvandlik vositasini 400 ming so‘mga sotish paytida ushlandi.
Tadbir davomida uning yonida hamda avtobusda yana 9 ta o‘ramda, jami 11 o‘ramda 5 gramm gashish giyohvandlik vositasi sotish maqsadida saqlab kelingani aniqlandi va bu holat rasmiy tartibda hujjatlashtirildi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bu operatsiya jamoatchilik xavfsizligi va giyohvandlikka qarshi kurashda samarali choralar ko‘rilganligini yana bir bor ko‘rsatdi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Jamiyat
» Nurafshondagi tezkor xodimlar giyohvandlikqa qarshi operatsiya o‘tkazdi
So’nggi yangiliklar
16 mart oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi
Bugun, 11:16
“Jang ortidan jang” filmi “Oskar”ning bosh sovrinlarini qo‘lga kiritdi
Bugun, 10:45
Amanda Steyveli "Tottenham"ni nishonga oldi
Bugun, 10:42
