Xonanda Malika Ravshanova bir oy oldin «Kutaman» nomli taronasi uchun sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan klipni muxlislariga taqdim etdi.
Xonandaning aytishicha, bu g‘oya unga o‘g‘li tomonidan taklif qilingan. Uning ta’kidlashicha, hozir ko‘pchilik sun’iy intellektga qarshi bo‘lsa-da, u bu texnologiyaga salbiy qaramaydi.
«Hozir ko‘pchilik sun’iy intellektga qarshi. Lekin men qarshi emasman. Chunki yangi ona bo‘lgan ayollar ko‘p hollarda ekranga chiqishni xohlamaydi. Shundoq ham kamera bizni hayotdagidan ko‘ra katta ko‘rsatadi. Bir kuni o‘g‘lim: “Oyi, keling, shu sun’iy intellekt orqali klip yaratamiz”, dedi. Men esa “Qanday bo‘larkan?” deb so‘radim. U esa: “Siz doim to‘rt faslni o‘z ichiga olgan klip suratga olishni xohlar edingiz. Sun’iy intellekt hammasini beradi”, dedi», — deydi xonanda.
Suhbat davomida xonandadan sun’iy intellekt orqali klip yaratish arzon yoki qimmatligi haqida ham so‘raldi. Bu savolga Malika Ravshanova shunday javob berdi:
«Sun’iy intellekt orqali klip tayyorlash arzon emas. Qancha mablag‘ sarflanganini aytmaymiz. Lekin shu pulga O‘zbekistonda bitta yaxshi klip suratga olish mumkin», — dedi.
Shu bilan birga, xonanda sun’iy intellektdan ovozni to‘g‘irlashda foydalanishga qarshi ekanini ham ta’kidladi.
«Lekin ovozlarni ham sun’iy intellekt orqali to‘g‘irlashlariga qarshiman. U yerda hissiyot bo‘lmaydi. Inson o‘z qo‘shig‘ida yashashi kerak. Mayli, sun’iy intellekt oqali g‘oya yoki yo‘nalish olsin, lekin qo‘shiqni insonning o‘zi kuylashi kerak. Ana shundagina qo‘shiq haqiqatan ham yashaydi», — deb fikrini yakunladi xonanda.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Madaniyat
» Malika Ravshanova sun’iy intellekt yordamida klip yaratishga munosabat bildirdi
So’nggi yangiliklar
Moskvadagi “Viktoriya” mukofoti yulduzlarni birlashtirdi
Bugun, 08:53
Tramp g‘alaba haqida gapirdi: Eronning haqiqiy kuchi sirligicha qolmoqda
Bugun, 08:29
Zokir Ochildiyev: Bolani pul topishga emas, shukronalikka o‘rgatish kerak
Bugun, 08:10
