Italiya A Seriyasining 29-turida «Yuventus» safarda «Udineze» jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Qiziqarli va murosasiz kechgan bahsda turinliklar minimal hisobda g‘alaba qozonib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona gol 38-daqiqada kiritildi. Jeremi Boga raqib himoyachilaridan ustun kelib, aniq zarba bilan to‘pni darvoza to‘riga joyladi va jamoasini oldinga olib chiqdi. Shu tariqa birinchi bo‘limdayoq «Yuventus» ustunlikni qo‘lga oldi.
Ikkinchi bo‘limda ham turinliklar bir necha bor xavfli hujumlar uyushtirdi. Jumladan, Fransishku Konseysau gol urgan bo‘lsa-da, hakamlar ushbu epizodni tekshirib, golni hisobga olmadi. Shunga qaramay, «zebralar» hisobni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Yakunda 1:0 hisobidagi g‘alaba «Yuventus»ga turnir jadvalidagi o‘rnini yaxshilash imkonini berdi. Turin klubi ochkolari sonini 53 taga yetkazib, 4-pog‘onaga ko‘tarildi. «Udineze» esa 36 ochko bilan hozircha 11-o‘rinda qolmoqda.
A Seriya. 29-tur
Udineze — Yuventus 0:1
Gol
: Boga 38.
Yuventus
: Perin, Kalulu, Bremer, Kelli, Makkenni, Lokatelli, Tyuram, Kambyazo, Konseysau (Miretti, 79), Boga (Gatti, 79), Yildiz (Kostich, 90+2).
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» “Yuventus” safarda “Udineze”ni mag‘lub etib turnirda yuqoriladi (video)
So’nggi yangiliklar
Moskvadagi “Viktoriya” mukofoti yulduzlarni birlashtirdi
Bugun, 08:53
Malika Ravshanova sun’iy intellekt yordamida klip yaratishga munosabat bildirdi
Bugun, 08:51
Tramp g‘alaba haqida gapirdi: Eronning haqiqiy kuchi sirligicha qolmoqda
Bugun, 08:29
