Bugun, 13 mart kuni soat 11:08 da Toshkent shahar Yunusobod tumani, Yuqori Qoraqamish ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan turar joy binosining ikkinchi qavatida yong‘in sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar Favqulodda Vaziyatlar Bo‘limiga xabar berilganidan keyin qutqaruv ekipajlari bir daqiqadan kamroq muddatda – 11:09 da hodisa joyiga yetib bordi. Yong‘in soat 11:19 da to‘liq o‘chirilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar qayd etilmadi.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in yangi qurilayotgan binoning ikkinchi qavatidagi qurilish materiallariga zarar yetkazgan. Qutqaruvchilar hodisani tezkorlik bilan bartaraf etganligi sababli yanada jiddiy oqibatlar oldi olingan.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Jamiyat
» Yangi qurilayotgan turar joy binosida qisqa muddatli yong‘in sodir bo‘ldi
So’nggi yangiliklar
Laporta Dro Fernandesning PSJga ketish haqiqatini ochiqladi
Bugun, 09:33
Gvardiola "VestXem"ga qarshi muhim ochkolar uchun kurashadi
Bugun, 08:58
Shomurodov "Galatasaroy"ga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushadimi?
Bugun, 07:48
