in

Gulsanam Mamazoitova yangi qo‘shig‘i bilan muxlislarini xursand qildi (audio)

Xonanda Gulsanam Mamazoitova muxlislariga yana bir yangi ijodiy sovg‘a taqdim etdi. San’atkor 6 mart kuni “Onam chiroyli” nomli yangi taronasini o‘zining YouTube kanali orqali tinglovchilar e’tiboriga havola qildi.

Ayni paytda qo‘shiq audio shaklda e’lon qilingan bo‘lib, qisqa vaqt ichida internet foydalanuvchilari orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Tarona joylanganidan so‘ng atigi to‘rt kun ichida 220 mingdan ortiq marta tinglandi.

Tinglovchilar qo‘shiqni iliq kutib oldi. Izohlar bo‘limida muxlislar tarona mazmuni, musiqasi va xonandaning ijrosi haqida ko‘plab ijobiy fikrlar qoldirib, asarni yuqori baholamoqda.

Ma’lumki, Gulsanam Mamazoitova o‘zining ta’sirchan qo‘shiqlari va o‘ziga xos ijro uslubi bilan muxlislar mehrini qozonib kelmoqda. Yangi “Onam chiroyli” taronasi ham qisqa fursat ichida tinglovchilar qalbidan joy olishga ulgurdi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Madaniyat

» Gulsanam Mamazoitova yangi qo‘shig‘i bilan muxlislarini xursand qildi (audio)

So’nggi yangiliklar

Hormuzni tark etmoqchi bo‘lgan tankerlar nishonga olinyapti

Bugun, 11:56

12 mart oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi

Bugun, 11:40

"Qo‘qonlik tabib" Iqbol Soliyev Ozarboyjonda qo‘lga olindi

Bugun, 11:40