in

Yamal Barselonani mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

UEFA Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichi ilk uchrashuvida Angliyaning “Nyukasl Yunayted” klubi o‘z maydonida Ispaniyaning “Barselona” jamoasini qabul qildi. “Sent-Jeyms Park” stadionida kechgan bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Uchrashuvning 86-daqiqasida Xarvi Barns mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtning oltinchi daqiqasida Lamin Yamal penaltidan unumli foydalanib, muvozanatni tikladi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, “Nyukasl” raqib darvozasi tomon 16 bor zarba yo‘llagan bo‘lsa, shulardan 5 tasi aniq chiqqan. “Barselona” esa 10 ta zarbadan 3 tasini darvoza sohasiga yo‘naltirgan. To‘p nazorati bo‘yicha mezbonlar biroz ustunlik qilishdi (51 foizga 49 foiz). Shuningdek, burchak zarbalari soni bo‘yicha ham ingliz klubi yaqqol ustunlikka ega bo‘ldi (9 ga 4). Javob uchrashuvi oldidan jamoalarning imkoniyatlari teng bo‘lib turibdi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Yamal Barselonani mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

So’nggi yangiliklar

Arbeloa Gvardioladan ogohlantirdi: "syurpriz"lariga tayyor turish kerak

Bugun, 12:00

Brent nefti narxi bir kunda keskin pasaydi

Bugun, 11:56