in

Qirg'izistonga oltin olib o'tmoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

Farg’ona viloyatida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan o’tkazilgan tezkor tadbirda mamlakatimizdan noqonuniy ravishda qimmatbaho metallarni olib chiqib ketishga urinish holati fosh etildi.

Ma’lum qilinishicha, Farg’ona tumanida istiqomat qiluvchi, 1996 yilda tug’ilgan fuqaro o’ziga tegishli bo’lgan “Damas” avtomobilida Qirg’iziston Respublikasiga o’tish uchun “Vodil-avto” chegara bojxona postiga kelgan. Ushbu transport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko’rigidan o’tkazilganda, avtomashina kuzoviga xufyona tarzda yashirilgan buyumlar borligi ma’lum bo’ldi.

Tekshiruv davomida mashina ichidan 4 dona nostandart shakldagi oltin quymalari topildi va ular ashyoviy dalil sifatida tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Mutaxassislar tomonidan o’tkazilgan ekspertiza xulosasiga ko’ra, ushbu oltin quymalarining sof og’irligi 1 kilogrammu 232 grammni tashkil etgan. Ularning umumiy qiymati esa 2 milliard 182 million 466 ming so’mga baholanmoqda. Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Jamiyat

» Qirg’izistonga oltin olib o’tmoqchi bo’lgan shaxs ushlandi

So’nggi yangiliklar

Arbeloa Gvardioladan ogohlantirdi: "syurpriz"lariga tayyor turish kerak

Bugun, 12:00

Brent nefti narxi bir kunda keskin pasaydi

Bugun, 11:56