Jahon bozorida xom neft narxi o’tgan hafta davomida misli ko’rilmagan darajada o’sishni qayd etdi. Bunga AQSh va Isroil tomonidan 28 fevral kuni Eronga qarshi amalga oshirilgan harbiy zarbalar asosiy sabab bo’ldi. Ushbu harbiy amaliyotlar ortidan energiya resurslari qiymati bir haftaning o’zida 27 foizdan 36 foizgacha qimmatlashdi.
Hafta yakuniga kelib, bir barrel neft narxi 90 dollar chegarasidan oshib ketdi. Mutaxassislar narxlar o’sishining asosiy omili sifatida Hormuz bo’g’ozidagi logistik muammolarni ko’rsatmoqda. Mazkur hudud orqali kuniga 15 million barrel neft tashilishi to’xtab qolishi global ta’minot zanjiriga jiddiy zarba berdi. Bu holat jahon iqtisodiyotida energiya xavfsizligi masalasini yana bir bor kun tartibiga olib chiqdi.
Hozirgi vaziyatda bozor ishtirokchilari va tahlilchilar kelgusi kunlarda narxlar qanday o’zgarishini diqqat bilan kuzatmoqda. Agar mintaqadagi harbiy taranglik pasaymasa, neft narxlarining yanada yuqorilashi ehtimoli saqlanib qoladi. Bu esa o’z navbatida transport va ishlab chiqarish xarajatlarining oshishiga olib kelishi mumkin.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Iqtisodiyot
» Jahon bozorida neft narxi keskin qimmatlashdi
So’nggi yangiliklar
Feruza Yusupova 8 mart bayramiga turmush o‘rtog‘idan o‘ziga xos sovg‘a so‘radi
Bugun, 12:12
Maymunni o'z to'dasiga qaytarish uchun o'yinchog'i olib qo'yildi
Bugun, 11:55
