in

Haydovchilik guvohnomasisiz rulga o'tirish qimmatga tushadi

O’zbekistonda yo’l harakati qoidalarini buzgan va haydovchilik huquqidan mahrum etilgan shaxslarga nisbatan nazorat keskin kuchaytirildi. Endilikda haydovchilik guvohnomasiga ega bo’lmagan yoki ushbu huquqdan vaqtincha chetlatilgan fuqarolar avtomobil boshqarsa, zamonaviy kuzatuv kameralari buni avtomatik tarzda aniqlaydi.

Yangi qoidalarga ko’ra, huquqsiz holda rulga o’tirgan shaxslarga nisbatan jiddiy moliyaviy va jinoiy choralar ko’riladi. Agar qoidabuzarlik birinchi marta sodir etilsa, haydovchi 20,6 million so’m miqdorida jarimaga tortiladi. Agar ushbu holat takrorlansa, qonunbuzar 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Ushbu chora-tadbirlar yo’llarda tartibni o’rnatish hamda yo’l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida joriy etilmoqda. Mutaxassislar haydovchilarni qonun talablariga rioya qilishga va o’zgalar hayotini xavf ostiga qo’ymaslikka chaqirmoqda. Esingizda bo’lsin, qoidabuzarlik nafaqat hamyoningizga, balki erkinligingizga ham zomin bo’lishi mumkin.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Jamiyat

» Haydovchilik guvohnomasisiz rulga o’tirish qimmatga tushadi

So’nggi yangiliklar

Apple o'z mahsulotlari qatorini Ultra qurilmalar bilan kengaytiradi

Bugun, 11:04

Arman Sarukyan mart oyida ikki jang bilan yana oktagonga qaytmoqda

Bugun, 10:57