Yaqin Sharq mamlakatlariga sayohat qilayotgan o’zbekistonliklarning xavfsizligini ta’minlash hamda ularni kutilmagan noxush vaziyatlardan himoya qilish maqsadida muhim yangilik e’lon qilindi. O’zbekiston Respublikasi Turizm qo’mitasi tomonidan maxsus @tourism_murojaat_bot Telegram boti ishga tushirildi. Bu haqda qo’mita matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.
Mazkur raqamli platforma xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolarimizga tezkor yordam ko’rsatishga qaratilgan. Endilikda sayyohlarimiz yoki ularning yaqin qarindoshlari ushbu bot orqali o’z ma’lumotlarini qoldirishlari mumkin. Kelib tushgan murojaatlar asosida qo’mita mutaxassislari fuqarolarni zudlik bilan vatanga qaytarish bo’yicha zarur choralarni ko’radi.
Mas’ullar murojaat qoldirayotgan fuqarolardan shaxsiy ma’lumotlarni to’liq va aniq shaklda kiritishni so’ramoqda. Bu ma’lumotlarning to’g’riligi yordam ko’rsatish jarayonini tezlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Turizm qo’mitasi xorijga safar qilayotgan barcha hamyurtlarimizni ushbu bot haqida xabardor bo’lishga va zarurat tug’ilganda undan foydalanishga chaqirmoqda.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Jamiyat
» Yaqin Sharqdagi o’zbekistonliklar uchun maxsus Telegram bot ishga tushirildi
So’nggi yangiliklar
Apple o'z mahsulotlari qatorini Ultra qurilmalar bilan kengaytiradi
Bugun, 11:04
Arman Sarukyan mart oyida ikki jang bilan yana oktagonga qaytmoqda
Bugun, 10:57
