Sevinch Ismoilova muxlislarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Xonandadan “To‘yingiz qachon?” deya so‘raldi.
Sevinch Ismoilova bu savolga hazil aralash samimiy javob qaytardi:
“Voy, hali yoshmanku. To‘g‘risi, bu haqida hech ham o‘ylab ko‘rmadim. Takliflar ko‘p bo‘lgan, ammo hali oila qurishga tayyor emasman, deb o‘ylayman. Men uchun hozir karyera, ijod va yana ijod muhim”, — dedi u.
Shundan so‘ng xonandaga “Bo‘lajak turmush o‘rtog‘ingiz qanday inson bo‘lishi kerak?” deya yana savol berildi.
Xonanda bu savolga ham samimiy javob qaytardi:
“Shu oddiy inson. Biz hammamiz oddiy insonmiz. Eng asosiysi — qalb tozaligi, Allohga bo‘lgan iymoni va e’tiqodi”, — dedi Sevinch.
Suhbat davomida undan “Oila qurganingizdan keyin ham ijodni davom ettirasizmi?” deb ham so‘raldi.
Xonanda esa bu savolga shunday javob berdi:
“Ha, albatta. Biz ijodkormiz. Biz ijod qilish uchun yaratilganmiz”, — deya fikrini yakunladi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Madaniyat
» Sevinch Ismoilova nega hali turmush qurmayapti? Xonanda javob berdi
So’nggi yangiliklar
Xosep Gvardiola ikki o'yinga diskvalifikatsiya qilindi
Bugun, 11:42
Kamol va Nihonning qizi bugun qanday ko‘rinishda?
Bugun, 11:34
