Turkiyaning Antaliya shahrida o’tkazilayotgan “Millennium Team Cadet European Cup 2026” xalqaro turniri o’zbekistonlik yosh dzyudochilar uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Musobaqaning ilk kunida terma jamoamiz a’zolari shiddatli bahslarda munosib ishtirok etib, umumiy hisobda 8 ta medalni qo’lga kiritishga muvaffaq bo’lishdi.
Turnir davomida Iroda Sirojiddinova, Charos Hikmatova hamda Bobur Yusupov o’z vazn toifalarida barcha raqiblarini mag’lub etib, shohsupaning eng yuqori pog’onasiga ko’tarilishdi. Ularning g’alabasi sharafiga Turkiya zaminida O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi. Shuningdek, terma jamoamiz hisobiga 2 ta kumush va 3 ta bronza medali ham yozildi.
O’zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko’ra, kumush medallarga Shohjahon Usmonov va Akromjon Karimov sazovor bo’lishdi. Bronza medallari esa Alina Kolyucheva, Ma’murjon Abduvahobov hamda Davlatbek Ahrorovga nasib etdi. Yosh sportchilarimizning bu natijasi kelgusi xalqaro musobaqalar oldidan katta ishonch uyg’otmoqda.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» O’zbekistonlik dzyudochilar Antaliyada muvaffaqiyatli ishtirok etishdi
So’nggi yangiliklar
Real Madrid yulduzi Rodri transferiga qarshi chiqdi
Bugun, 11:46
Xosep Gvardiola ikki o'yinga diskvalifikatsiya qilindi
Bugun, 11:42
