O’zgidromet mutaxassislari 7 hamda 9 va 10 mart kunlari kutilayotgan yog’ingarchiliklar sababli respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel hamda suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Xavf asosan Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg’ona va Andijon viloyatlarining bir qator tumanlariga tegishli.
Xususan, mazkur hududlarda yashovchi aholi, tog’li hududlarda dam olayotgan fuqarolar hamda haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko’rish so’ralmoqda. Kuchli yomg’irlar oqibatida suv to’planishi va yo’llarni suv bosishi ehtimoli yuqori. Eslatib o’tamiz, 4 va 5 mart kunlari kuzatilgan yog’ingarchiliklar ham ayrim soylarda suv sathining ko’tarilishiga va yo’llarda suv yig’ilib qolishiga sabab bo’lgan edi. O’sha vaqtda FVB xodimlari tomonidan barcha noxush holatlar tezkorlik bilan bartaraf etilgan.
Mutaxassislar tog’li hududlarda harakatlanayotgan fuqarolarni ob-havo ma’lumotlarini kuzatib borishga va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirmoqda. Sel xavfi mavjud hududlarda yashovchi aholidan esa o’z xonadonlari va yaqinlari xavfsizligini ta’minlash bo’yicha zarur choralarni ko’rish tavsiya etiladi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
O‘zbekiston
» O’zbekiston hududlarida sel kelishi xavfi bor
So’nggi yangiliklar
"Arsenal" yozda qaysi yetakchi futbolchilarini sotishi mumkin?
Bugun, 11:58
Robert Levandovski yaqin uch oyda qaror qabul qiladi
Bugun, 11:34
Illyuziyalardan voz kechish: 50 yoshdan keyin anglab yetiladigan haqiqatlar
