Xonanda Dilfuza Ismoilova 27 fevral kuni navbatdagi yangi klip taronasini muxlislar e’tiboriga havola qildi. Ushbu qo‘shiq “Bir umr yashayman” deb nomlanadi.
Mazkur tarona hayot yo‘llarida birga qadam tashlashga, har bir lahzani yelkadosh bo‘lib qarshi olishga va’da bergan qalblarning nozik va samimiy taronasidir. Qo‘shiq abadiy muhabbat, sadoqat va bir umrlik baxtga intilish haqida so‘zlaydi.
Taronadagi har bir ohang va har bir so‘z tinglovchini orzular olamiga yetaklab, qalbdagi eng yorqin his-tuyg‘ularni uyg‘otadi. Xonandaning mayin va jozibali ovozi qo‘shiq mazmunini yanada teran ochib beradi.
Qo‘shiqni tinglar ekansiz, go‘yo yuragingizdagi eng pokiza niyatlar musiqaga aylangandek taassurot qoldiradi.
Qo‘shiq muallifi va bastakori — Jahongir Ubaydullayev bo‘lib, u mazkur taronada ikki qalbning bir butunga aylanishi va bir umr birga yashashga bo‘lgan samimiy orzu-istakni musiqa va so‘z orqali ifoda etgan.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Madaniyat
» Dilfuza Ismoilova yangi klipi bilan muxlislarini xursand qildi (video)
So’nggi yangiliklar
Ulug‘bek Yulchiyevning “Telbaday” taronasi muxlislarni hayratda qoldirdi (audio)
Bugun, 12:00
Qatarda Eron josuslari qo‘lga olindi: Al-Udayd bazasi o‘qqa tutildi
Bugun, 11:35
