in

Flik «Barsa»ning o‘yinini maqtadi, ammo final orzusi baribir ushalmadi

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniya kubogi yarimfinal javob uchrashuvida «Atletiko»ga qarshi ko‘rsatilgan o‘yinni yuqori baholadi. Kataloniyaliklar o‘z maydonida 3:0 hisobida g‘alaba qozondi, ammo ilk bahsdagi 0:4 hisobidagi mag‘lubiyat tufayli ikki o‘yin yakuni bo‘yicha 3:4 hisobida musobaqa bilan xayrlashdi. «Matraschilar» esa shu tariqa finalga yo‘l oldi.

Flikning fikricha, jamoa maydonda bor imkoniyatini ishga soldi va deyarli mukammal kambekka yaqin keldi. U futbolchilari katta kuch sarflaganini, o‘yinni juda baland sur’at va ishtiyoq bilan o‘tkazganini ta’kidlab, «to‘rtinchi gol ham bo‘lishi mumkin edi», degan mazmunda gapirdi. Murabbiyning so‘zlarida bir vaqtning o‘zida ham faxr, ham alam bor edi: «Barsa» g‘alaba qildi, ammo finalga chiqish uchun aynan bitta gol yetishmadi.

Flik yana bir muhim nuqtaga urg‘u berdi: agar jamoa shunday ruh, shunday bosim va shunday ishonch bilan yana bir necha o‘yin o‘tkazsa, uni to‘xtatish juda qiyin bo‘ladi. Bu fikr «Barselona»ning mavjud o‘yiniga ishonch saqlanib qolayotganini ko‘rsatadi. Ya’ni kubok boy berilgan bo‘lsa-da, jamoa o‘zini singan emas, aksincha, kurashuvchan holatda ko‘rsatdi.

“Barcha futbolchilar bor kuch-quvvatini sarflab, fantastik uchrashuv o‘tkazishdi. Shunchaki to‘rtinchi gol bo‘lmadi, bu bo‘lishi mumkin edi.Menda shunday his bor, agar bundan ko‘proq shunday uchrashuvlarni o‘tkazsak, bizni to‘xtatib bo‘lmaydi.”– dedi Flik.

Biroq g‘alaba ortidan yana bir noxush xabar ham keldi. Flik jamoada yangi jarohatlar paydo bo‘lganini ochiq aytdi. U Jyul Kunde va Alexandro Balde bilan bog‘liq muammolardan norozi ekanini bildirib, tibbiy shtab va jismoniy tayyorgarlik murabbiylari bilan bu holatni jiddiy muhokama qilish kerakligini ta’kidladi. Murabbiyni ayniqsa bir hafta ichida bir nechta futbolchining shikast olayotgani xavotirga solmoqda.

“Bizda yangi jarohatlar bor (Jyul Kunde va Aleks Balde) bu menga yoqmaydi, bu yomon. Biz tibbiyot jamoasi va jismoniy tayyorgarlik murabbiylari bilan gaplashishimiz kerak. Bir haftada uch futbolchini jarohatlanishdan qanday himoya qilish mumkin?”– dedi Flik.

Qisqasi, bu kecha «Barselona» uchun ikki xil tuyg‘uni olib keldi: maydonda kuchli g‘alaba va tribunalarni hayratga solgan futbol, ammo tabloda yetishmay qolgan bitta gol va boy berilgan final. Flik jamoasini maqtadi, ammo endi uning oldida yana bir jiddiy vazifa turibdi — ruhiy zarbani yengish va jarohatlar to‘lqinini to‘xtatish.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Flik «Barsa»ning o‘yinini maqtadi, ammo final orzusi baribir ushalmadi

So’nggi yangiliklar

Ulug‘bek Yulchiyevning “Telbaday” taronasi muxlislarni hayratda qoldirdi (audio)

Bugun, 12:00

Qatarda Eron josuslari qo‘lga olindi: Al-Udayd bazasi o‘qqa tutildi

Bugun, 11:35