Aktrisa Marjona Mirzaliyeva 32 yoshga to‘ldi. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasiga joylagan videopostlari orqali ma’lum qildi.
Aktrisa videolardan biriga “Alhamdulillah, yana bir yoshga ulg‘aydik”, boshqa videosiga esa “Tabriklar boshlandi, hammaga rahmat!” degan izoh qoldirdi.
Muxlislari va obunachilari Marjonani tavallud ayyomi bilan qizg‘in tabriklab, unga iliq va samimiy tilaklar bildirishdi.
Marjona Mirzaliyeva 1994 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Oilada uch nafar farzand bo‘lib, Marjona ularning kenjasi hisoblanadi. Uning bir opasi va bir akasi bor.
Aktrisa O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan. U jamoatchilikka “Qodirxon” seriali orqali keng tanilib, tomoshabinlar mehrini qozongan.
Marjona Mirzaliyeva 2022 yil fevral oyida Tohir Abdullayev bilan turmush qurgan. Hozirda uning Muhammadhabib ismli 3 yoshli o‘g‘li bor.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Madaniyat
» Marjona Mirzaliyeva 32 yoshini qarshi oldi: tabriklar yog‘ildi
So’nggi yangiliklar
AQSH va Isroil Eronning "yangi taktika"si qarshisida qiyin ahvolda…
Bugun, 11:42
Toshkentda sintetik giyohvand moddalar "yashirin laboratoriya"si fosh etildi
Bugun, 11:19
