RFSning faxriy prezidenti Vyacheslav Koloskov fikricha, FIFA 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati mezbonligini AQShdan olib qo‘yishi ehtimoli juda past. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Uning aytishicha, nazariy jihatdan bunday qaror chiqarish mumkin, ammo amalda FIFA Amerikaga qarshi “urush” ochishga jur’at eta olmaydi. Koloskov bu holat xalqaro futbolda ikki xil standartlar yaqqol ko‘rinishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi mundial yoz oylarida Shimoliy Amerikadagi uch davlatda o‘tkaziladi. Nufuzli turnirga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.
Amaldagi jahon chempioni — Argentina terma jamoasi. Lionel Skaloni boshqaruvidagi jamoa 2022 yilgi finalda Fransiya terma jamoasini mag‘lub etgan.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Koloskov FIFA AQShga qarshi qat’iy choraga bormaydi deb hisoblaydi
So’nggi yangiliklar
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi tahdidlar jahon bozorini jiddiy sergaklantirdi
Bugun, 12:08
Andijonda chegarada yashirilgan oltin quymalari bilan ayollar ushlandi
Bugun, 11:48
AQSH va Isroil Eronning "yangi taktika"si qarshisida qiyin ahvolda…
