Marselo Gallardo murabbiy sifatida so’nggi o’yinini o’tkazdi: uning jamoasi Banfildga qarshi bahsda 3:1 hisobida g’alaba qozonib, ketma-ket uch mag’lubiyatdan iborat omadsiz seriyaga nuqta qo’ydi. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Aynan shu muvaffaqiyatsiz natijalar Gallardoning lavozimini saqlab qolishiga to’siq bo’ldi, biroq klub unga chiroyli tarzda xayrlashish imkonini berdi. U esa o’yindan keyingi daqiqalarda hissiyotlarini yashirmadi.
«Hammaga shunchaki rahmat. Sizlarning mehringizni so’z bilan to’liq ifodalash qiyin. Men abadiy ketmayapman. Riverdan hech kim abadiy ketmaydi. Bu sehrli maskan: ketgan taqdiringda ham baribir klub bilan qolasan», dedi Gallardo ko’z yoshlar bilan.
Eslatib o’tamiz, Gallardo 90-yillarda River safida ham, Argentina terma jamoasi tarkibida ham to’p surgan.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Gallardo ko’z yosh to’kdi va Riverdan ketish yo’qligini aytdi
So’nggi yangiliklar
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi tahdidlar jahon bozorini jiddiy sergaklantirdi
Bugun, 12:08
Andijonda chegarada yashirilgan oltin quymalari bilan ayollar ushlandi
Bugun, 11:48
AQSH va Isroil Eronning "yangi taktika"si qarshisida qiyin ahvolda…
