in

Jezush Ronalduga tanaffus berdi va sababini aytdi

“Al-Nasr” bosh murabbiyi Jorje Jezush jamoa yetakchisi Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida “Arkadag”ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi bo’yicha maydonga tez orada qaytadi degan gaplar yurayotgan bo’lsa-da, bu safar ham u tarkibda bo’lmaydi.

Jezushning aytishicha, tig’iz taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchiga dam berish qarori qabul qilingan. Murabbiy bu bilan shanba kungi “Al-Fateh”ga qarshi muhim o’yinga kuchni tejash ko’zlanganini ta’kidladi.

Shuningdek, u Ronaldu safardagi o’yinlarda tez-tez dam olishi yangilik emasligini eslatib o’tdi: Saudiya Arabistonidan tashqarida o’tadigan uchrashuvlarni u avval ham bir necha bor o’tkazib yuborgan.

Saudiya chempionatidagi “Al-Fateh” – “Al-Nasr” uchrashuvi 14-fevral, shanba kuni bo’lib o’tadi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Jezush Ronalduga tanaffus berdi va sababini aytdi

So’nggi yangiliklar

Galatasaray va Fenerbahche futbolchilarini stavka uchun qamoq kutmoqda

Bugun, 11:34

Ronaldu penalti ura olmadi, ammo g'alabadan keyin post qoldirdi

Bugun, 11:31

Galyardo ko'z yosh bilan vidolashdi Riverda hech kim abadiy ketmaydi