Toshkent shahrida prokuror yordamchisining qonunga xilof harakatiga chek qo‘yildi. Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Ma’lum qilinishicha, 2025-yil sentyabr oyiga qadar Shayxontohur tumani prokurori yordamchisi lavozimida ishlagan, ayni paytda Uchtepa tumani prokurori yordamchisi bo‘lgan mansabdor shaxs xizmat mavqeidan foydalangan. U yakka tartibdagi tadbirkorga Shayxontohur tumanida joylashgan ikki uyning yerto‘la qismidagi noturar joylarni ijaraga olib berganini vaj qilib ko‘rsatgan.
So‘ngra u tadbirkordan 15 ming AQSH dollarini o‘z avtomashinasida olgan va voqea joyidan qochishga uringan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 moddasi 3 qismi “v” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Jamiyat
» Pora olishga uringan prokuror yordamchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
So’nggi yangiliklar
Gvardiola Chempionlar ligasida raqobat nihoyatda keskinligini aytdi
Bugun, 11:48
Krasnodardagi NQZga dron hujumi yana yong‘in keltirib chiqardi
Bugun, 11:46
Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasida mag'lub bo'ldi
