Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qilishicha, Surxondaryo viloyatida bankomat mablag‘larini talon-taroj qilish bilan bog‘liq holat aniqlangan.
Xabarda aytilishicha, departamentning Jarqo‘rg‘on tumani bo‘limi o‘tkazgan tergovga qadar tekshiruv natijasida hududiy tijorat bankining bank xizmatlari markazi sobiq sho‘ba mudiri T.S. o‘zga biriktirilgan bankomatlarga ajratilgan 262,5 mln so‘m mablag‘ni o‘zlashtirgani ma’lum bo‘lgan.
Shuningdek, nazoratchi kassir S.N. ham 132,8 mln so‘mni o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 167 moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Jamiyat
» Surxondaryoda bankomat pulini o‘zlashtirgan bank xodimlari ushlandi
So’nggi yangiliklar
Erik Garsiya Barselona 0:4 dan ham qaytadi deb ishonadi
Bugun, 12:00
Potter tanqid Dyo'kereshni yanada kuchaytirdi deb hisoblaydi
Bugun, 11:51
Al Nasr bosh murabbiyi Ronalduning nega o'ynamasligini aytdi
