in

Al-Nasr bosh murabbiyi Jezush bilan muzokarani davom ettirmoqda

Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi bosh murabbiy Jorje Jezush bilan shartnomani uzaytirish variantini ko‘rib chiqmoqda. Mahalliy manbalarga ko‘ra, klub rahbariyati portugaliyalik mutaxassisga 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan yangi kelishuv taklif qilishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

Klubda Jezushning hozirgi ishlari yuqori baholanmoqda va keyingi mavsumda ham u bilan hamkorlikni davom ettirish istagi bor. Avvalroq, agar yozda Krishtianu Ronaldu jamoani tark etsa, Jezush ham ketishi mumkinligi aytilgandi, biroq hujumchi yaqinda «Al-Nasr»da qolish niyatini bildirgan.

Jorje Jezush jamoani o‘tgan yil iyul oyida qabul qilib olgan. Ayni paytda «Al-Nasr» chempionat turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Al-Nasr bosh murabbiyi Jezush bilan muzokarani davom ettirmoqda

So’nggi yangiliklar

Samarqandda ariq suvi ustidagi janjal akaning o‘limiga olib keldi

Bugun, 12:05

Noyer kutilmaganda Borussiya bilan o‘yinga qaytishi mumkin

Bugun, 11:58

Klaudio Raneri Italiya futbolidagi asosiy muammolarni aytdi