Farg‘ona shahridagi davlat bog‘chalarida bolalarning ommaviy zaharlanishi qayd etildi. Bu haqda Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 21 fevral kuni soat 19:00 dan boshlab Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga bir qator bog‘cha tarbiyalanuvchilari olib kelingan. Ular Farg‘ona shahar hududida joylashgan 2 sonli, 58 sonli va 61 sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qarashli bolalar ekani aytilmoqda.
Bolalar tana harorati ko‘tarilishi, qorin og‘rig‘i, holsizlik, ko‘ngil aynishi va ich ketishi belgilari bilan shifokorlarga murojaat qilgan. Tekshiruvlar davomida bemorlarda qorin sohasida og‘riq, diareya va harorat ko‘tarilishi kabi alomatlar kuzatilgan.
Shifoxonadagi davolovchi shifokorlar bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, “O‘tkir diareya kasalligi, alimentar etiologiyali” tashxisi bilan diareya bo‘limiga yotqizgan. Ma’lum qilinishicha, hozirda bo‘limda 62 nafar bemor statsionar davolanmoqda va ularning ahvoli yaxshi deb baholangan.
Holat yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi mutaxassislari tekshiruv ishlarini boshlagan. Ular bog‘chalar oshxonalarida hamda ovqat yetkazib beruvchi korxonada nazorat tadbirlarini o‘tkazib, bolalar iste’mol qilgan taomlardan laboratoriya uchun namunalar olib tekshirmoqda.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Jamiyat
» Farg‘onada davlat bog‘chalarida bolalar zaharlanish oqibatida shifoxonaga yotqizildi
So’nggi yangiliklar
Samarqandda ariq suvi ustidagi janjal akaning o‘limiga olib keldi
Bugun, 12:05
Noyer kutilmaganda Borussiya bilan o‘yinga qaytishi mumkin
Bugun, 11:58
Klaudio Raneri Italiya futbolidagi asosiy muammolarni aytdi
