Bugun, 23 fevral kuni soat 13:24 da “112” tizimi orqali Farg‘ona viloyati FVBga Oltiariq tumanidagi “Povirg‘on” MFY, Kampikoy ko‘chasida joylashgan daraxt ko‘chatlari saqlanadigan ombor (muzlatkich) yonayotgani haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea joyiga Farg‘ona viloyati FVBdan 7 ta qutqaruv bo‘linmasi texnikasi soat 13:30 da yetib borgan. Yong‘in soat 13:42 da o‘rab olingan va soat 14:20 da to‘liq o‘chirilgan.
Xabarda ta’kidlanishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Jamiyat
» Farg‘ona viloyatida joylashgan daraxt ko‘chatlari saqlanadigan ombor yondi
So’nggi yangiliklar
Samarqandda ariq suvi ustidagi janjal akaning o‘limiga olib keldi
Bugun, 12:05
Noyer kutilmaganda Borussiya bilan o‘yinga qaytishi mumkin
Bugun, 11:58
Klaudio Raneri Italiya futbolidagi asosiy muammolarni aytdi
