Yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilish — bu nafaqat shaxsiy xavfsizlik, balki atrofdagilar hayoti va salomatligini asrashning eng muhim kafolatidir. Har bir haydovchi rulga o‘tirar ekan, katta mas’uliyatni o‘z zimmasiga olganini unutmasligi lozim. Afsuski, qoidalarga beparvolik va e’tiborsizlik ba’zan og‘ir va qimmat oqibatlarga sabab bo‘ladi.
Ana shunday ko‘ngilsiz holatlardan biri Toshkent shahrining Uchtepa tumanida sodir bo‘ldi. Surxondaryo viloyatida yashovchi haydovchi o‘zining “Lacetti” rusumli avtomashinasida teng ahamiyatga ega bo‘lmagan yo‘llar kesishgan chorrahada harakatlanayotgan vaqtda yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan. U ikkinchi darajali yo‘ldan chiqib kelar ekan, asosiy yo‘ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo‘l berish shartligini inkor etib, harakatni davom ettirgan. Natijada asosiy yo‘lda harakatlanayotgan “BYD” rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Baxtsiz hodisa mutaxassislar ishtirokida atroflicha o‘rganilib, sud tomonidan aybdor haydovchiga nisbatan qaror chiqarildi. Unga “BYD” rusumli avtomashinaga yetkazilgan 109 million so‘m miqdoridagi moddiy zararni qoplash majburiyati yuklatildi.
Majburiy ijro byurosining Sho‘rchi tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan tezkor va samarali chora-tadbirlar natijasida mazkur mablag‘ qisqa muddat ichida to‘liq undirilishi ta’minlandi.
Bir qarashda oddiy tuyulgan yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik Surxondaryolik haydovchiga juda qimmatga tushdi. Shu bois har birimiz yo‘lda harakatlanayotganimizda mas’uliyatni his etgan holda, belgilangan tartib-qoidalarga so‘zsiz rioya qilishimiz shart. Zero, ehtiyotkorlik — hayot garovidir.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Jamiyat
» “Lacetti” va “BYD” ishtirokidagi to‘qnashuv: 109 million so‘mlik zarar
So’nggi yangiliklar
Samarqandda ariq suvi ustidagi janjal akaning o‘limiga olib keldi
Bugun, 12:05
Noyer kutilmaganda Borussiya bilan o‘yinga qaytishi mumkin
Bugun, 11:58
Klaudio Raneri Italiya futbolidagi asosiy muammolarni aytdi
