in

Flik Kanseluni maqtab, uni jamoaga katta yordam beradi dedi

“Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik La Ligadagi “Levante”ga qarshi yakshanba kungi 3:0 hisobidagi uchrashuvdan so‘ng himoyachi Joau Kanseluning o‘yinini yuqori baholadi. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

Portugal futbolchisi “ko‘k-anorranglilar” safida asosiy tarkibda maydonga tushib, o‘yin oxirigacha harakat qildi. 32-daqiqada 31 yoshli himoyachi Frenki de Yongga golli uzatma berib, kataloniyaliklarning bahsdagi ikkinchi goliga hissa qo‘shdi.

“Kanselu juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. U fantastik futbolchi va kelgusida bizga katta yordam beradi”, — dedi Flik o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Joau Kanseluni qishki transfer oynasida Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubidan ijara asosida safiga qo‘shib olgan.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Flik Kanseluni maqtab, uni jamoaga katta yordam beradi dedi

So’nggi yangiliklar

Taqiqdagi 2 gektar yerni 9 mln dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Bugun, 11:50

Yulduz Usmonova yonida yurib “zvezda” bo‘lib qolganlarni keskin tanqid qildi

Bugun, 11:37

Karrager Saloh va Gakpo o'yinini o'g'irlik deb atadi