in

"Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" ko‘krak nishoni kimlarga beriladi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari» ko‘krak nishonini ta’sis etish haqida qaror qabul qildi.

Qarorga muvofiq, nishon yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida faol fuqarolik pozitsiyasi, vatanparvarlik va fidoyilik namoyon etayotgan, mamlakat taraqqiyoti hamda xalqaro nufuzini oshirishga munosib hissa qo‘shayotgan fuqarolarga beriladi.

Nomzodlar quyidagi toifalar orasidan shakllantiriladi:

— “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari;

— maktablar va Prezident maktablari o‘quvchilari;

— “Yangi O‘zbekiston” universiteti bitiruvchilari;

— “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi ishtirokchilari;

— “Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash” hamjamiyati orqali birlashgan iqtidorli vatandoshlar.

Taqdirlanadiganlar ro‘yxatini shakllantirish ishlarini Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashkil etadi. Shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda nishon bilan taqdirlanishi mumkin.

Ko‘krak nishoni har yili hamjamiyat qurultoyida topshiriladi va bir shaxsga faqat bir marta beriladi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

O‘zbekiston

» “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” ko‘krak nishoni kimlarga beriladi?

So’nggi yangiliklar

Yulduz Usmonova yonida yurib “zvezda” bo‘lib qolganlarni keskin tanqid qildi

Bugun, 11:37

Slutskij boshqaruvidagi Shanghai Shenhua Buriramga yutqazdi

Bugun, 11:29

23 fevral oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi