Xonanda Rayhon G‘aniyeva “IntervyuTV” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida mehmon bo‘ldi. Suhbat davomida boshlovchi undan “Xonanda Munisa Rizayevaning qo‘shiqlarini tinglab turasizmi, so‘nggi qo‘shig‘i eshitdingizmi?” deya so‘radi.
Rayhon savolga biroz o‘ylanib javob berdi:
— Rostini aytsam, Munisaning oxirgi qo‘shig‘ini hali eshitmadim. Uni qanaqadir ma’noda biroz tushunmadim. U juda hissiyotga beriladigan, emotsionalniy odam. Balki aynan shuning uchun shunday qilgandir.
Shuningdek, xonanda har bir insonning hayot yo‘li alohida bo‘lishini ham ta’kidladi:
— Mening alohida yo‘lim bor, uning ham alohida yo‘li bor. Mening o‘z oilam bor, uning ham o‘z oilasi bor. Eng muhimi, ikkalasi ham baxtli bo‘lsin. Men ularga faqatgina baxt tilayman, — dedi Rayhon.
Xonandaning bu mulohazali va samimiy javobi tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Madaniyat
» Rayhon Munisa haqidagi savolga samimiy javob berdi
So’nggi yangiliklar
Atletiko Panichellini hujum chizigiga asosiy nomzod qilib oldi
Bugun, 11:30
Dalot Sheshkoga OAV bosimi haqida ogohlantirish berdi
Bugun, 11:22
Karager Bude-Glimtga nisbatan hurmat oshishini istadi
