Xonanda Imron Instagram sahifasiga yangi video-post joyladi. Ushbu qisqa lavhadan ma’lum bo‘lishicha, xonandaning navbatdagi yangi taronasi yaqin kunlarda taqdim etiladi.
Ma’lum qilinishicha, yangi qo‘shiq “Sehrgar” deb nomlanadi. Post e’lon qilingan zahoti qo‘shiq parchasi ko‘plab muxlislar e’tiborini tortib, qisqa vaqt ichida ularning qalbidan joy oldi.
Izohlarda xonandaning obunachilari taronani iloji boricha tezroq chiqarishni, shuningdek, ushbu qo‘shiq uchun albatta klip suratga olinishi kerakligini yozib qoldirishdi. Ayrim muxlislar esa klip bosh roliga aktrisa Durdona Qurbonova taklif qilinishini ham so‘rashdi.
Muxlislarning fikricha, “Sehrgar” qo‘shig‘i yaqin kunlarning eng ko‘p tinglanadigan taronalaridan biriga aylanishi mumkin.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Madaniyat
» Imrondan “Sehrgar” tez kunda: muxlislar klip ham kutmoqda
So’nggi yangiliklar
Argentina futbol rahbari Tapia korrupsiya ishi bo'yicha so'roqqa chaqirildi
Bugun, 12:00
Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasiga murabbiy sifatida qaytadi
Bugun, 11:47
Luis Enrike Dembele jarohati haqida fikr bildirdi
