Surxondaryo viloyatida yo‘l harakati patrul inspektoriga 10 million so‘m pora taklif qilgan Hindiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, xizmat xodimi texnik nosozligi mavjud bo‘lgan avtomobilni boshqarib kelayotgan chet ellik fuqaroni to‘xtatib, transport vositasi hujjatlarini tekshirmoqchi bo‘lgan. Shu payt fuqaro inspektorga 10 million so‘m berishni taklif qilgan.
Tezkor chora-tadbirlar jarayonida u pulni topshirishga uringan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Jamiyat
» Surxondaryoda inspektorga pora taklif qilgan chet ellik ushlandi
So’nggi yangiliklar
Argentinada di Mariya simulyatsiya ayblovlari ostida qoldi
Bugun, 11:59
17 fevral oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi
Bugun, 11:57
Shvetsiya o‘z pulidan voz kechmoqda: yevroga o‘tishni muhokama qila boshladi
