in

Romano Milan Barselona himoyachisiga qiziqishini tasdiqladi

Barelsonaning chap qanot himoyachisi Jerar Martin Milan transfer roʻyxatidan joy oldi. Soʻnggi kunlarda 23 yoshli futbolchiga «rossoneri» qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi, endi bu maʼlumotni insayderlar Fabritsio Romano va Matteo Moretto ham tasdiqladi. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

Italiya klubi ispaniyalik futbolchini tarkibga qoʻshish masalasini jiddiy ko’rib chiqmoqda, biroq uni olib kelish oson bo’lmasligi ta’kidlanmoqda. Sababi Barselona bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Martinni jamoa rejalarida muhim bo‘g‘in sifatida ko‘rmoqda.

Transfermarkt maʼlumotiga ko‘ra, Jerar Martinning bozor qiymati 20 mln yevroga baholanadi. Futbolchi o‘tgan yil yanvarida kataloniyaliklar bilan shartnomasini 2027/28-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirgan.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Romano Milan Barselona himoyachisiga qiziqishini tasdiqladi

So’nggi yangiliklar

Arbeloa Alonso davridagi Real muammosini bartaraf etdi

Bugun, 11:42

Aston Villa Martines o'rniga Manchester City darvozabonini ko'zlamoqda

Bugun, 11:33

Haykin Realga qarshi o'ynashni ko'proq xohladi