Toshkent viloyatida 14 fevral kuni Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda bir guruh ko‘cha bezorilari qo‘lga olindi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati rasmiy xabar berdi.
Tadbirda aniqlanishicha, poytaxt va viloyatdan bo‘lgan ikki guruhga mansub, o‘zaro kelishmovchiliklarni zo‘ravonlik yo‘li bilan hal qilishga uringan umumiy 17 nafar shaxs ushlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular ko‘cha bezoriligi bilan shug‘ullangan va jamoat tartibini buzgan.
Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar sudga taqdim qilindi. Sud qaroricha, ushlangan shaxslardan 12 nafariga 5 sutka, 5 nafariga esa 10 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Qo‘lga olinganlar o‘z qilmishlaridan pushaymonlik bildirib, kelgusida shunday qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslikka va’da bergan. Shu bilan birga, ular ota-onalari va yaqinlari ishonchini oqlashga harakat qilishini ham bildirishdi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Jamiyat
» Toshkentda 17 nafar ko‘cha bezorisi qamoqqa olindi
So’nggi yangiliklar
Nikita Haykin o'zini doimo rossiyalik deb biladi
Bugun, 12:02
Lion Nitsani mag'lub etib, g'alabalar seriyasini uzaytirdi
Bugun, 11:52
Romano Milan Barselona himoyachisiga qiziqishini tasdiqladi
