in

Pensionerlar qattiq ogohlantirildi

Ayni kunlarda telefon orqali pensiya yoshidagi fuqarolarga notanish raqamlardan qo‘ng‘iroq qilinib, ularning pensiyalari keyingi oydan oshirilishini aytib, plastik karta yoki pasport ma’lumotlarini so‘rash holatlari ko‘paymoqda. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi rasmiy ogohlantirish berdi.

Xabarda qayd etilishicha, firibgarlar o‘zlarini bank yoki Pensiya jamg‘armasi xodimi sifatida tanishtirmoqda. Ular fuqarolarga “Nafaqangiz keyingi oydan ko‘tariladi. Buning uchun ma’lumotlaringizni va telefoningizga kelgan kodni aytsangiz, pensiyangiz kartangizga tushadi. Aks holda oshmay qoladi”, degan mazmunda yolg‘on gapirib, pensionerlarning ishonchiga kirishga urinayotgani aytilgan.

Pensiya jamg‘armasi esa muhim jihatni eslatdi: jamg‘arma xodimlari hech qachon qo‘ng‘iroq qilib, shaxsiy ma’lumotlar yoki telefonga kelgan kodlarni talab qilmaydi.

Shu bois, begona shaxslarga pasport, plastik karta yoki JSHSHIR (PINFL) raqami kabi shaxsiy ma’lumotlarni mutlaqo taqdim etmaslik kerak. Agar shubhali qo‘ng‘iroqlarga duch kelsangiz, 1271 – Pensiya jamg‘armasining ishonch telefoniga yoki 102 – Ichki ishlar organlari raqamiga murojaat qilish zarur.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

O‘zbekiston

» Pensionerlar qattiq ogohlantirildi

So’nggi yangiliklar

Sergelida dahshatli YTH: mashina ikkiga bo‘lindi

Bugun, 11:54

Perreyn goli «Lill»ni «Brest»ga yutqazishdan saqlab qoldi

Bugun, 11:51

Viktor Osimhen Bavariyaning transfer roʻyxatiga kirdi