in

Imrondan muxlislarga sovg‘a: “Lolamsan” ertaga premyera

Xonanda Imron muxlislari uchun navbatdagi yangi ijod mahsuloti — “Lolamsan” nomli qo‘shig‘ini taqdim etishini ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, qo‘shiqning rasmiy premyerasi ertaga — 14 fevral kuni YouTube platformasida soat 18:00 da bo‘lib o‘tadi.

Tarona matni shoir Tohir Muhammad qalamiga mansub bo‘lib, musiqasi va ijrosi to‘liq Imron tomonidan yaratilgan.

Shuningdek, “Lolamsan” qo‘shig‘i uchun suratga olingan klipda bir qator taniqli ijodkorlar ishtirok etgan. Jumladan, klip obrazlarini Mehriddin Rahmatov, Nargiza Abdullayeva, Shahzod Sultonov, Sevila Xudoyberganova, Ma’rufxon Muhammedov, Sardor Zokirov va Farruh Mirzayev jonlantirgan.

Xonandaning ijodiy sahifalarida ushbu qo‘shiq haqida e’lon qilingan xabar qisqa fursat ichida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Muxlislar izohlarda yangi taronani katta qiziqish va intiqlik bilan kutayotganini, “Lolamsan” Imron ijodidagi navbatdagi ta’sirli qo‘shiqlardan biri bo‘lishiga ishonayotganini bildirishmoqda.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Madaniyat

» Imrondan muxlislarga sovg‘a: “Lolamsan” ertaga premyera

So’nggi yangiliklar

Allegri Modrichning g‘alaba keltirgan goli haqida fikr bildirdi

Bugun, 12:02

Genich Sevilya va Alaves o'yini uchun taxmin berdi

Bugun, 11:59

APL yarim himoyachisi Hutchinson uchun Chelsi va Arsenal kurashga kirdi