“Formula 1”
filmi muxlislari uchun quvonarli xabar — filmning ikkinchi qismi suratga olinishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda prodyuser
Jerri Brukxaymer
“BBC”ga bergan intervyusida tasdiqladi.
Prodyuser hozircha loyiha muddati yoki aktyorlar tarkibi haqida tafsilot berishni istamadi. Shuningdek,
Bred Pitt
yangi qismda yana ishtirok etadimi yoki yo‘qligi ham noma’lum qolmoqda. “Biz filmni davom ettirish ustida ishlayapmiz”, — deydi Brukxaymer.
“Formula 1” filmining davomi haqidagi mish-mishlar 2025 yil kuzidan beri yangrayotgandi. Rejissyor
Jozef Kosinski
ham dramaning davomini suratga olish istagini bildirgan. Noyabr oyida u jamoa ijodiy izlanish bosqichida ekanini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, film
Apple TV
platformasida eng katta daromad keltirgan loyiha bo‘lgan. U
Ridli Skott
ning “Napoleon” va
Martin Skorseze
ning “Killers of the Flower Moon” filmlarini ortda qoldirgan.
Syujetga ko‘ra,
Sonni Xeys
(Bred Pitt) sobiq “Formula 1” poygachisi bo‘lib, jiddiy avariyadan so‘ng sportni tark etadi. Yillar o‘tib esa yosh iste’dod
Joshua Pirs
ga (Damson Idris) murabbiylik qilish uchun trekka qaytadi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Madaniyat
» Bred Pitt yana poygaga qaytadimi? “Formula 1” filmining davomi rejalashtirilmoqda
So’nggi yangiliklar
Endrikning to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochkasi bekor qilindi
Bugun, 12:11
Pavlovich Leyptsig bilan tortishuv sababini tushuntirdi
Bugun, 12:09
Toshkent viloyatida dalada otgan fuqaroning ov quroli nega olib qo‘yildi?
