in

Turk murabbiy Gulerning Realdagi muammosini ochiqladi

Arda Guler bilan «Fenerbahche»da ishlagan murabbiy Serhat Pekmezhchi yarim himoyachining Madridning «Real» klubidagi moslashuv jarayoni oson kechmayotganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

Turkiyalik hujumkor yarim himoyachi «Fenerbahche»dan «qirolichalar klubi» safiga 2023 yil yozida kelib qo‘shilgan edi.

Pekmezhchining ta’kidlashicha, «Real» kabi mega-klubda Guler turli bosimlarga duch kelmoqda. Murabbiy futbolchi unga bevosita shikoyat qilmaganini, biroq bunday holat yuz berishi mumkinligini oldindan sezganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoa ichida egoosi haddan tashqari oshib ketgan ayrim futbolchilar bor va ular hanuzgacha Ardani to‘liq qabul qilmagan.

Joriy mavsumda Guler «qaymoqranglilar» safida 35 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Turk murabbiy Gulerning Realdagi muammosini ochiqladi

So’nggi yangiliklar

Endrikning to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochkasi bekor qilindi

Bugun, 12:11

Pavlovich Leyptsig bilan tortishuv sababini tushuntirdi

Bugun, 12:09

Toshkent viloyatida dalada otgan fuqaroning ov quroli nega olib qo‘yildi?