«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer Germaniya terma jamoasiga ehtimoliy qaytishi haqidagi savollarga aniqlik kiritdi. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Jahon chempionati arafasida nemislar darvozabon pozitsiyasida muammolarga duch kelayotgani sababli, matbuotda bir necha oydan beri tez orada 40 yoshga to‘ladigan Noyer yana bundes jamoaga qaytishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar tinmadi.
Chorshanba kuni «Bavariya» Germaniya Kubogi 1/4 finalida «RB Leyptsig»ni 4:0 hisobida yengdi. Uchrashuvdan so‘ng jurnalistlar Noyerdan terma jamoadan ketishi yakuniy qarormi, deb so‘rashdi. «Ha», — deya qisqa javob berdi myunxenliklar sardori.
Eslatib o‘tamiz, Manuel Noyer 2024 yilda Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Manuel Noyer Germaniya terma jamoasiga qaytmasligini tasdiqladi
So’nggi yangiliklar
Endrikning to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochkasi bekor qilindi
Bugun, 12:11
Pavlovich Leyptsig bilan tortishuv sababini tushuntirdi
Bugun, 12:09
Toshkent viloyatida dalada otgan fuqaroning ov quroli nega olib qo‘yildi?
