«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega navbatdagi uchrashuvni o’tkazib yuborishini izohladi. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Er-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgani aytilayotgan bo’lsa-da, aynan shu o’yinda u yana tarkibda bo’lmaydi.
«Zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qancha futbolchilarga dam berishga qaror qildik. Oldinda «Al-Fateh»ga qarshi juda muhim o’yin bor», — deya Jezushning so’zlarini keltiradi Al Nassr Zone.
Murabbiy ta’kidlashicha, Ronalduga dam berilishi yangilik emas: u avval ham Saudiya Arabistonidan tashqarida o’tadigan uchrashuvlarda bir necha bor maydonga tushmagan.
Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi 14-fevral, shanba kuni bo’lib o’tadi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Jezush Ronaldu yaqin o’yinda maydonga tushmasligini aytdi
So’nggi yangiliklar
Gvardiola Husanovni Uoker darajasiga chiqishiga ishonishini aytdi
Bugun, 11:33
Djikija Antalyasporidagi holati haqida qisqa izoh berdi
Bugun, 11:29
Ronaldu sport zalida qizi bilan birga shug'ullandi
