in

Balde La Ligada chap qanot himoyachilar orasida eng ishonchli

«Barselona»ning chap qanot himoyachisi Alejandro Balde La Ligada o‘z pozitsiyasida himoyada eng barqaror o‘yinchilardan biri sifatida ajralib turmoqda. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

Barca Universal ma’lumotiga ko‘ra, Balde raqiblar tomonidan bir o‘yinda o‘rtacha atigi 0,2 marta aldab o‘tiladi. Bu ko‘rsatkich Ispaniya chempionatidagi chap himoyachilar orasida eng yaxshisi sanaladi. Taqqoslash uchun, «Real» futbolchisi Alvaro Karreras o‘rtacha 0,8 marta aylanib o‘tilmoqda.

Joriy mavsumda 22 yoshli Balde barcha musobaqalarda 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bugun, 12-fevral kuni «Barselona» Ispaniya kubogi yarim finalining ilk o‘yinida safarda «Atletiko»ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi. Matnli translyatsiya LiveResult portalida mavjud bo‘ladi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Balde La Ligada chap qanot himoyachilar orasida eng ishonchli

So’nggi yangiliklar

UEFA Chempionlar Ligasi finali uchun yangi toʻpni tanishtirdi

Bugun, 11:52

Gvardiola Nunesdan tezligini ko'proq ishga solishni so'raydi

Bugun, 11:46

"Nottinghem Forest" Daych bilan xayrlashdi: bu mavsumdagi uchinchi almashuv