in

Chempionlar ligasi finali uchun rasmiy to'p taqdim etildi

Chempionlar ligasida umumiy bosqich yakuniga yetdi. Endi navbat pley-offga: 16 jamoa stykov raundda to’qnash kelib, 1/8 final uchun sakkizta yo’llanmani o’ynab beradi. Umumiy bosqichning eng yaxshi sakkiz jamoasi esa allaqachon 1/8 finalga yo’l oldi. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

Shu orada UEFA Chempionlar ligasi finali uchun mo’ljallangan rasmiy to’pni namoyish qildi. Adidas ishlab chiqargan to’p qoramtir ranglarda bo’lib, unda oq yulduzlar tasviri ajralib turadi.

2025/2026 yilgi mavsum finali Budapeshtda o’tkaziladi. “Quloqli” sovrin uchun hal qiluvchi bahs shanba kuni, 30 may sanasiga belgilangan.

Hozirgi amaldagi chempion — “PSJ”. O’tgan finalda parijliklar “Inter”ni 5:0 hisobida yirik mag’lub etib, raqibiga imkon qoldirmagan edi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Chempionlar ligasi finali uchun rasmiy to’p taqdim etildi

So’nggi yangiliklar

Arbeloa Realda qiyinchilikka duch keldi, sabab aytildi

Bugun, 11:57

Yurtimizga Ramazon yaqinlashmoqda: taqvim, saharlik va iftorlik duolari

Bugun, 11:55

Manchester Siti yaqin yillarda Gvardiolani yoqotishi mumkin