So’nggi kunlarda oshkor qilingan «Epshteyn fayllari» dunyo bo’ylab katta shov-shuvga sabab bo’ldi. Bu materiallar futbol olamiga ham ta’sir qildi: hujjatlarda Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi va «Bavariya»ning eks-yulduzi Frank Riberining ismi tilga olingan. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Vaziyatdan so’ng Riberining manfaatlarini himoya qilayotgan advokat Karlo Alberto Bruza ijtimoiy tarmoqlarda bayonot berdi. U tarqalayotgan ma’lumotlarni asossiz va yolg’on deb atadi.
«Bu feyk! Ertaga janob Riberining advokati sifatida chiqaman va mijozim hamda uning oilasi sha’niga putur yetkazayotgan yolg’on xabarlarni tarqatayotganlarni jazolash uchun barcha zarur yuridik choralarni ko’raman», — deb yozdi Bruza.
Qayd etilishicha, Riberining nomi e’lon qilingan fayllarning uch betida uchragan. Da’vo qilinayotgan tomon uni noqonuniy fohishabozlik bilan bog’liq aloqalarda ayblagan, shuningdek, go’yoki Riberining iltimosi bilan uchinchi shaxs tomonidan bir kishiga hujum uyushtirilgani haqida ham gapirgan.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Riberi advokati unga qo’yilgan ayblovlarni rad etdi
So’nggi yangiliklar
Kampl Rangnik uni oilaviy vaziyatga qaramay o'ynatganini aytdi
Bugun, 12:02
Nkunku Modrichning takrorlab bo‘lmas uzatmalarini e’tirof etdi
Bugun, 11:57
Arbeloa Realda qiyinchilikka duch keldi, sabab aytildi
