in

Bergkamp Benzemaning harakatlarini yosh hujumchilarga o‘rgatganini aytdi

Futbol olamining taniqli sobiq futbolchisi Dennis Bergkamp fransuz hujumchisi Karim Benzema haqida fikr bildirib, uning maydondagi o‘yinini juda yuqori baholadi. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

Bergkampning ta’kidlashicha, u yoshlar jamoalarida ishlagan paytida Benzemaning maydondagi joy almashishi va ayniqsa keskin yugurishlarini misol qilib ko‘rsatib, yosh forvardlarga tushuntirgan. Mutaxassis buni “ishonib bo‘lmas darajada” deb atab, hujumchilarga aynan shunday harakatlanishning ahamiyatini singdirishga urinib kelganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, qishki transfer oynasida Benzema “Al-Ittihod”dan “Al-Hilol”ga o‘tgandi. Joriy mavsumda 38 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 22 uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Bergkamp Benzemaning harakatlarini yosh hujumchilarga o‘rgatganini aytdi

So’nggi yangiliklar

Kampl Rangnik uni oilaviy vaziyatga qaramay o'ynatganini aytdi

Bugun, 12:02

Nkunku Modrichning takrorlab bo‘lmas uzatmalarini e’tirof etdi

Bugun, 11:57

Arbeloa Realda qiyinchilikka duch keldi, sabab aytildi