in

Rossiyada telegram foydalanuvchilari nosozliklardan shikoyat qilmoqda

Rossiyada Telegram messenjeri faoliyatini cheklash choralari boshlangan. Bu haqda 

RBK

nashri soha mutasaddilari va rasmiy idoralardagi manbalarga tayanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha,

Roskomnadzor

2026 yil 10 fevraldan boshlab Telegram ishini qisman sekinlashtirish bo‘yicha amaliy ishlarni boshlagan. Manbalarga ko‘ra, “sekinlashtirish choralarining” ayrimlari allaqachon joriy etilgan bo‘lib, rasmiy idora bu borada hali izoh bermagan.

9 va 10 fevral kunlari rossiyalik foydalanuvchilar Telegram ishidagi uzilish va muammolar haqida shikoyat qilgan. Avvalroq — yanvar va dekabr oylarida ham shunga o‘xshash holatlar qayd etilgandi.

Shu bilan birga, axborot siyosati qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Aleksandr Yushchenko ushbu masala qo‘mitada muhokama qilinmaganini bildirgan. Biroq agar Telegram qonunchilik talablari asosida ishlamasa, uni bloklash ehtimoli borligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya 2018 yilda Federal xavfsizlik xizmatiga xabarlarni deshifrlash kalitlarini taqdim etmagani sabab Telegram’ni bloklashga urinib ko‘rgandi. Biroq 2020 yil iyun oyida bu talablar bekor qilinib, messenjerga kirish yana erkinlashtirilgan edi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Texno

» Rossiyada telegram foydalanuvchilari nosozliklardan shikoyat qilmoqda

So’nggi yangiliklar

Kampl Rangnik uni oilaviy vaziyatga qaramay o'ynatganini aytdi

Bugun, 12:02

Nkunku Modrichning takrorlab bo‘lmas uzatmalarini e’tirof etdi

Bugun, 11:57

Arbeloa Realda qiyinchilikka duch keldi, sabab aytildi