in

11 fevraldan metan "zapravka"lar barcha hududlarda to‘liq ochiladi

Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, 11 fevral kuni soat 9:00 dan boshlab respublika bo‘yicha metan quyish shoxobchalari bosqichma-bosqich odatiy ish tartibiga qaytadi. Ya’ni faqat poytaxtda emas, vodiy viloyatlarida ham metan zapravkalar yana to‘liq formatda ishlay boshlashi kutilmoqda.

Bu yangilik ko‘p haydovchilar uchun ayni muddao: so‘nggi haftalarda metan masalasi “qachon ochiladi?” degan savolni kun tartibidan tushirmay qo‘ygan edi.

Eslatib o‘tamiz, havo harorati keskin tushib ketgani sabab 20 yanvardan respublikada metan “zapravka”lar faoliyatiga cheklov kiritilgandi. Keyinroq, 2 fevraldan e’tiboran talab va imkoniyatlarni hisobga olgan holda cheklov biroz yumshatilib, shoxobchalarga soat 10:00 dan 16:00 gacha ishlashga ruxsat berilgan.

Endi esa 11 fevraldan 9:00 dan boshlab, o‘sha vaqtinchalik tartib bekor qilinib, metan quyish nuqtalari odatdagi rejimga qaytayapti.

Haydovchilarga kichik maslahat: birinchi kunlari ayrim joylarda navbat ko‘payishi mumkin — chunki hamma “nihoyat!” deb bir vaqtda chiqadi. Shuning uchun imkoniyat bo‘lsa, vaqtni to‘g‘ri tanlab, tirband bo‘ladigan soatlardan chetroq harakat qilish foyda beradi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Jamiyat

» 11 fevraldan metan “zapravka”lar barcha hududlarda to‘liq ochiladi

So’nggi yangiliklar

Kampl Rangnik uni oilaviy vaziyatga qaramay o'ynatganini aytdi

Bugun, 12:02

Nkunku Modrichning takrorlab bo‘lmas uzatmalarini e’tirof etdi

Bugun, 11:57

Arbeloa Realda qiyinchilikka duch keldi, sabab aytildi