“Everton”ning hujumkor yarim himoyachisi Jek Grilish jarohat olgan oyog’idan jarrohlik amaliyotini o’tkazdi. 30 yoshli vinger bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Futbolchi mavsumni bunday yakunlashni istamaganini, biroq vaziyat shunday kechganini ta’kidladi. Grilishning yozishicha, operatsiya muvaffaqiyatli o’tgan va endi u tiklanish jarayoniga e’tibor qaratadi. Shuningdek, u yanada kuchli qaytib, maydonda yanada yaxshi natijalar ko’rsatishga va’da berdi hamda qo’llab-quvvatlov uchun muxlislarga minnatdorlik bildirdi.
Griilish joriy mavsumda “Everton” safida 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli pas muallifi bo’ldi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Jek Grilish oyog’idan operatsiya bo’lganini ma’lum qildi
So’nggi yangiliklar
Ravanelli Skudetto poygasida Interga asosiy da'vogar dedi
Bugun, 11:57
Vilyarreal Espanolni yirik hisobda yengib, mag'lubiyatlar seriyasini uzaytirdi
Bugun, 11:52
Jek Grilish jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi va ogohlantirdi
